Bugun O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Mazkur uchrashuvda “ajdarlar” 3:1 hisobi raqibdan ustun kelishdi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Qarshi klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jumladan, Ro‘ziqul Sa’dullayevich jarohat olgan Dragan Cheranning ahvoli borasida ham ma’lumot berib o‘tdi.
"Hujumchimiz ayni paytda uyida muolaja olayapti. Biz u bilan aloqada bo‘lib turibmiz. U ertaga Qatarda bo‘ladi va navbatdagi o‘yinga tayyor. Aslida uni tezroq maydonga qaytishi uchun yurtiga yuborgan edik.
Chunki, u yerda bu jarohatlarni tez davolaydigan mutaxasislar ko‘p. U bizga kerak, ketma-ket og‘ir o‘yinlarni o‘tkazayapmiz, u buni yaxshi anglab turibdi“, - deb aytib o‘tdi ”Nasaf" ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?