20:26 / 10.03.2018
3 889

Olovli “Old Trafford”da “qizil iblislar” g‘alaba qozondi

Olovli “Old Trafford”da “qizil iblislar” g‘alaba qozondi
Angliya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.

Dastlab, mezbonlar ketma-ket tezkor gollarni kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. De Xea – Lukaku va Reshford uchligi 24 daqiqa ichida “Liverpul” darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikki golda ham Markus Reshford so‘nggi so‘zni aytdi.

Tan olish kerak, uning birinchi goli juda ham chiroyli zarba orqali darvozadan joy oldi.

Shundan so‘ng, “Manchester Yunayted” yana hujumga zo‘r berdi va Mataning chalqancha uslubda yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘lim birinchisidan ancha qiziqarli kechdi va kutilmaganda Erik Bayi o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalari haqiqiy markaziy uchrashuv kabi o‘tdi, mehmonlar ketma-ket hujumlar uyushtirishdi, ammo yakuniy hisob baribir “qizil iblislar” tomonda qoldi.

Shu tariqa, “Manchester Yunayted” ikkinchi o‘rin uchun kechgan bahsda “Liverpul”ni dog‘da qoldirib, o‘ziga kerakli bo‘lgan zarur ochkolarni ishlab oldi.

APL, 30-tur.
Manchester Yunayted – Liverpul 2:1 (2:0, 0:1)

Gollar:
1:0 – 14 Reshford, 2:0 – 24 Reshford, 2:1 – 66, avtogol Bayi.

Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Maktomini, Yang, Mata (Lingard, 89), Matich, Sanches (Darmian, 90), Reshford (Fellayni, 70), Lukaku.

Liverpul – Karius, Lovren, Robertson (Solanke, 84), Aleksander-Arnold (Veynaldum, 80), van Deyk, Firmino, Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 62), Salax, Djan, Mane, Milner.

Ogohlantirishlar: Reshford (27), Oksleyd-Chemberlen (35), Valensiya (89).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olovli “Old Trafford”da “qizil iblislar” g‘alaba qozondi