09:15 / 12.03.2018
4 497

Muxlislar uchun mavzu. Kapadze e’lon qilgan ro‘yxat yodingizdami?

Muxlislar uchun mavzu. Kapadze e’lon qilgan ro‘yxat yodingizdami?
Xabaringiz bor, fevral oyi o‘rtalarida O‘FA O‘zbekiston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi deb o‘tgan yil futbolchilik faoliyatini tugatgan Timur Kapadzeni tayinlandi.
Keyin oradan ikki-uch kun o‘tar o‘tmas Kapadze mart oyida bo‘ladigan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi uchun kengaytirilgan ro‘yxatni O‘FAga taqdim etgandi. Yaxshi bilasiz, shu oyning ikkinchi yarmida bizni Afrikaning ikki jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari kutib turibdi.

Dastlab 23 mart kuni Senegal bilan bahs olib borsak, o‘yindan to‘rt kun o‘tib martning 27-sanasida Marokashga qarshi maydonga tushamiz. Yaxshi bilasiz, har ikkala raqibimiz Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Quyida Timur Kapadze e’lon qilgan 30 futbolchidan iborat ro‘yxatni yana bir bor keltirib o‘tamiz. Sizningcha, o‘tgan bir oyga yaqin vaqt davomida ro‘yxatdagilardan kimlar o‘zini ko‘rsatdi? Qaysi futbolchilarni terma jamoaga loyiq yoki noloyiq deb hisoblaysiz? Shuningdek, tarkibga yana kimlarni qo‘shsa bo‘ladi?

Terma jamoamiz Afrikaga 23 nafar futbolchi bilan yo‘l olishni rejalashtirayotganini inobatga olsak, tarkibda kimlar bo‘lgani ma’qul? Marhamat, bu borada o‘z fikringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Darvozabonlar:
Eldor Suyunov ("Paxtakor")
Botirali Ergashev ("Navbahor")
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")

Himoyachilar:
Farrux Sayfiyev ("Paxtakor")
Dostonbek Tursunov ("Neftchi")
Sherzod A’zamov ("Paxtakor")
Umar Eshmurodov ("Nasaf")
Anzur Ismoilov ("Chan Chun Yatay", Xitoy)
Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv")
Shuhrat Muhammadiyev ("Lokomotiv")
Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva, Rossiya)
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Oleg Zoteyev ("Lokomotiv")
Akrom Komilov ("Bunyodkor")
Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar:

Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
Ikrom Aliboyev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Sardor Mirzayev ("Lokomotiv")
Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jasur Yaxshiboyev ("Paxtakor")

Hujumchilar:
Temurxo‘ja Abduholiqov ("Al Sayliya", Qatar)
Marat Bikmayev ("Lokomotiv")

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muxlislar uchun mavzu. Kapadze e’lon qilgan ro‘yxat yodingizdami?