07:03 / 12.03.2018
3 288

«Lill» muxlislari stadionga tushib kelib futbolchilarga hamla qildi (video)

«Lill» muxlislari stadionga tushib kelib futbolchilarga hamla qildi (video)
«Lill»ning yuzlab fanatlari Fransiya chempionati 29-turida «Monpele»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yindan keyin stadionga tushib ketishdi.

Muxlislar maydondagi o‘z jamoasi futbolchilarini haqoratlashgan. Ular o‘z sevimlilariga yomon natijalar tufayli tahdidlar ham qilishgan.

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, fanatlardan biri «Lill» forvardi Nikolya Pepening oyog‘iga tepgan, shuningdek, Adama Sumaoro hujumga yo‘liqqan.

Bundan tashqari, muxlislar «Lill» prezidenti Jerar Lopes nomiga haqoratlar yo‘llashgan.

29-turdan keyin «Lill» 28 ochko to‘plagan holda Fransiya chempionatida oxirgidan oldingi o‘rinda joylashgan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lill» muxlislari stadionga tushib kelib futbolchilarga hamla qildi (video)