17:51 / 13.03.2018
3 843

Jezualdu Ferreyra: "Tarkibimizda jiddiy yo‘qotish bor"

Жезуалду Феррейра: "Таркибимизда жиддий йўқотиш бор"
Jezualdu Ferreyra: - Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. O‘zbekistondagi o‘yindan so‘ng “Umm Salal”ga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Ichki chempionatimizda bizga nisbatan kuchli bosim bor. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda “Umm Salal”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmagan futbolchilar xizmatidan foydalanmoqchimiz. “Nasaf”ni mag‘lub etishimiz uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Futbolda g‘alaba yoki mag‘lubiyat haqida oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi. Albatta ertaga g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Bu o‘yin Qarshidagi o‘yindan tubdan farq qiladi. Bu o‘yinda bizni imkonimiz ko‘proq, biz muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynaymiz. Takror aytaman bizga muxlislarning madadi juda zarur. Xavi ertaga maydonga tushishi mumkin. Ammo bu haqda aniq ayta olmayman. Afsuski, shuni aniq aytaman, ertaga bizga eronlik legionerimiz yordam bera olmaydi. Bu biz uchun katta yo‘qotish.

Bag‘dod Baunedjax: - Ertaga bo‘ladigan o‘yin har ikkala jamoa uchun ham muhim sanaladi. Shubhasiz ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushadi. Bizning bor e’tiborimiz shu o‘yinga qaratilgan, ham jismonan, ham ruhan ushbu o‘yinga tayyormiz. Milliy chempionatimizdagi sovrindan quruq qoldik. Endi bor e’tiborimizni OChLga qaratishga majburmiz. Buni jamoadoshlarimiz kelishib oldik, oldimizda yagona yo‘l bu – “Nasaf”ni mag‘lub etish va navbatdagi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimizni oshirib olish.

Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jezualdu Ferreyra: "Tarkibimizda jiddiy yo‘qotish bor"