08:49 / 14.03.2018
3 827

YeChL. "MYu" o‘z uyida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi

ЕЧЛ. "МЮ" ўз уйида мағлуб бўлиб, мусобақани тарк этди
2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinlari o‘tkazildi.

Kunning markaziy o‘yinida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

O‘yinning 74-daqiqasida Ben-Yedder hisobda mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqada o‘tib, uning o‘zi dubl qayd etdi. Mezbonlarning yagona javob goli 84-daqiqada Lukaku tomonidan kiritildi.

Manchester Yunayted Angliya – Sevilya Ispaniya 1:2

Gollar:
0:1 – 74 Ben-Yedder, 0:2 – 78 Ben-Yedder, 1:2 – 84 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Bayi, Valensiya (Mata, 77), Lingard (Marsyal, 77), Yang, Fellayni (Pogba, 60), Matich, Sanches, Reshford, Lukaku.
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado, Langle, Vaskes (Pisarro, 87), Banega, Sarabiya, Nzonzi, Korrea (Gays, 89), Muriel (Ben-Yedder, 72).
Ogohlantirishlar: Banega (5), Ben-Yedder (78), Korrea (88), Sarabiya (90), Reshford (90).
Ilk uchrashuv 0:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChL. "MYu" o‘z uyida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi