07:31 / 15.03.2018
4 390

Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqibimiz o‘z maydonida kuchli o‘yin ko‘rsatdi"

Рўзиқул Бердиев: "Рақибимиз ўз майдонида кучли ўйин кўрсатди"
“Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi nihoyasiga yetgach, o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Nasaf” jamoasi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi:

-Raqibimiz bugun o‘z maydonida kuchli o‘yin ko‘rsatdi, hisob ham yirik bo‘ldi. Bunday hisobda mag‘lub bo‘lamiz deb, o‘ylamagandik. “Al Sadd” bugun haqli ravishda g‘alaba qozondi.

Bugun himoyada juda qupol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bunday o‘yinlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar aslo kechirilmaydi. Hamma gollar o‘zimizning xatolar orqali urildi. Dragan Cheranning ertaroq maydonni tark etishi, o‘yinimizga aslo ta’sir qilgani yo‘q.

Guruhdagi vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsam, guruhimizda shunday vaziyat paydo bo‘layaptiki, bitta o‘yinning natijasi ko‘p narsani o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bo‘lajak o‘yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi. Biz kurashni davom ettiramiz,-deydi "Nasaf" ustozi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Raqibimiz o‘z maydonida kuchli o‘yin ko‘rsatdi"