16:20 / 16.03.2018
4 258

Nilufar Usmonova va "Afruz" guruhi "Paxtakor" - AGMK uchrashuvida konsert beradi

Нилуфар Усмонова ва "Афруз" гуруҳи "Пахтакор" - АГМК учрашувида концерт беради
18 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - AGMK o‘yini bo‘lib o‘tadi.

O‘yindan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar e’tiboriga konsert dasturi taqdim etiladi. Shu kuni "Paxtakor" stadionida Nilufar Usmonova hamda "Afruz" guruhi mehmon bo‘lishadi. Tanaffus paytida ham badiiy dastur davom ettiriladi va tomoshabinlar ijtimoiy aksiyada ishtirok etib, uch televizordan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozadi Shampionat.asia.

E’tiborlisi bularning barchasi mutlaqo BEPUL! Sababi "Paxtakor" - AGMK uchrashuviga kirish bepul qilib belgilangan. "Paxtakor" FK barcha muxlislarni yakshanba kuni soat 17:00dan keyin "Paxtakor" stadioniga chorlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nilufar Usmonova va "Afruz" guruhi "Paxtakor" - AGMK uchrashuvida konsert beradi