Avval xabar berganimizdek, 12-yanvar kuni Nyu-York shahrida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) o‘zining co‘nggi jangini amerikalik Soni Fredriksonga (19-1-0, KO12) qarshi o‘tkazib, raqibini nokautga uchratgan va Jahon boks uyushmasi (WBA)ning yengil vazn toifasidagi reytingida yuqorilab, 12 o‘ringa chiqib olgan edi.
WBA bugun yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra tajribali bokschimiz bir pog‘ona yuqorilab dunyoning 11 raqamli bokschisiga aylandi.
“Reytingda yana bir bor yuqorilaganimdan xursandman. Men chempionlik uchun yana bir qadam tashladim. Maqsadim bu reytingning birinchi pog‘onasida turish. Bunga erishish osonlik bilan bo‘lmaydi. Lekin men o‘z ustimda tinimsiz ishlayman va dunyoning birinchi raqamli bokschisiga aylanishim uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”, – deydi Shohjahon Sports.uz internet portaliga bergan xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazishadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi