23:39 / 16.03.2018
4 204

«Buxoro» «So‘g‘diyona»ni yirik hisobda yengdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

«Buxoro» «So‘g‘diyona»ni yirik hisobda yengdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)
Biroz avval «Metallurg» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912» jamoasini mag‘lub etgani haqida xabar berilgan edi. 3-turning ikkinchi uchrashuvi Buxoroda o‘tkazildi. Unda mezbon «Buxoro» jamoasi Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Va kamida bir kunga turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston Superligasi
3-tur bellashuvi
16 mart, juma

«Buxoro» – «So‘g‘diyona» 3:0
Gollar:
Akmal Xolmurodov, 3 avtogol (1:0). Bahodir Nasimov, 53 (2:0). Ergash Ismoilov, 90 (3:0).


Skrinshot: «Championat.asia»

"Buxoro" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumanida "Buxoro" bosh ustozi Ulug‘bek Baqoyev va futbolchi Ergash Ismoilov o‘yin haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

- Avvalo barcha muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin juda qiziq o‘tdi. O‘ylaymanki biz haqli ravishda g‘alaba qozondik. "Buxoro" muxlislariga ham alohida rahmat aytaman. Barchalari jamoani ajoyib tarzda qo‘llab quvvatlab turishdi. O‘yinchilarimiz ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. O‘yin borasida "So‘g‘diyona" jamoasi ham yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilaymiz - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

Ergash Ismoilov - O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam uchrashuv juda qiziqarli va shiddatli o‘tdi. Bu ochkolar bizga juda kerak edi. Biz harakat qildiq hamda maydonda o‘zimizni ko‘rsata oldik va shuni evaziga g‘alaba qozondik deb bemalol ayta olaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Buxoro» «So‘g‘diyona»ni yirik hisobda yengdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)