23:14 / 17.03.2018
4 452

Qudratillo Abduqahhorov professional ringdagi 14-g‘alabasiga erishdi

Qudratillo Abduqahhorov professional ringdagi 14-g‘alabasiga erishdi
Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini Malayziyaning Subang-Jaya shahrida o‘tkazdi.

12 raund etib belgilangan mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga vengriyalik tajribali charm qo‘lqop ustasi Latslo Toz raqiblik qildi. Jang yakuniga ko‘ra, Qudratillo ochkolar bo‘yicha jang g‘olibi deb topildi.

Vengriyalik sportchi bunga qadar professional ringda jami 29 ta jang o‘tkazib, shulardan 25 tasini g‘alaba (17 nokaut) qozongan bo‘lsa, 1 marta durang qayd etgan edi.

Shunday qilib, Qudratillo “World Boxing Council Silver” chempionlik kamarini munosib himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov esa professional ringga 2015 yil oktyabrida kirib kelgan va shu vaqtga qadar 13 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. 9 tasida raqiblari ustidan muddatidan oldin zafar quchgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qudratillo Abduqahhorov professional ringdagi 14-g‘alabasiga erishdi