Azizbek Abdug‘ofurov afrikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

  • 17 mart 2018, 22:45
  • 2 234
  • Sport
  • Azizbek Abdug‘ofurov afrikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi
    Malayziyaning Subang-Jaya shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik yengilmas charm qo‘lqop ustasi Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatidagi 10-jangini o‘tkazdi.

    Mazkur jangda Janubiy Afrika Respublikasi vakili Alfonso Tissen (10-1-2) bilan kuch sinashdi.

    Sakkiz raund davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz faoliyatidagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

    Eslatib o‘tamiz, Azizbek hisobida esa 9 ta jang bo‘lib, bokschimiz ularning barchasida raqiblarini mag‘lub qilgan. Shulardan 4 tasi nokautdir.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Azizbek Abdug‘ofurov afrikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi