00:05 / 18.03.2018
3 708

Andrey Miklyayev: "Nima ham derdik, bu - futbol"

Андрей Микляев: "Нима ҳам дердик, бу - футбол"
“Navbahor” – “Lokomotiv” (2: 0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Loko” ustozi Andrey Miklyayev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bugun stadionda ajoyib atmosfera bo‘ldi. Muxlislarning bunday qo‘llab-quvvatlashi ostida har qanday jamoa ham o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga urinadi. Bugun biz yomon o‘ynamadik. Lekin vaziyatlarni unumli yakunlashda omadimiz kelmadi. Afsuski, so‘nggi bir nechta o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Aslida bugun g‘alaba qozonsak ham bo‘lardi. Biroq raqib bizni qarshi hujumlarda jazolab ketdi. Nima ham derdik, bu – futbol. Kelasi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga urinamiz", - dedi tajribali mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Miklyayev: "Nima ham derdik, bu - futbol"