00:20 / 18.03.2018
4 273

Hamdamovning "Anji"dagi debyuti omadli chiqdi

Ҳамдамовнинг "Анжи"даги дебюти омадли чиқди
Bugun Rossiya Premer-ligasida 23-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha “Anji” safiga borib qo‘shilgan Dostonbek Hamdamov bugun o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazdi.

Uning debyut o‘yini yana bir hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno”ga qarshi bahsga to‘g‘ri keldi. Mazkur bellashuvda maxachqalaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hamdamov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 71-daqiqada zahiraga olindi. Galiulin esa odatdagidek to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

Rossiya Premer-ligasi. 23-tur
Anji – Tosno 2:0 (2:0, 0:0)

Gollar:
1:0 – 17 Anton, 2:0 – 43 Anton.

Anji – Budakov, Tetrashvili, Poluyaxtov, Brыzgalov, Samardjich, Anton, Xamdamov (Bakayev, 71), Danchenko, Xubulov (Prudnikov, 86), Leskano (Kalmыkov, 76), Budkovskiy.

Tosno – Yurchenko, Margasov (Nunu Rosha, 73), Chernov, Buyvolov, Dugalich, Poletanovich, Truyich (Makarov, 46), Jigulev, Galiulin, Pogrebnyak (Melkadze, 53), Rikardino.

Ogohlantirish: Makarov (48).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamdamovning "Anji"dagi debyuti omadli chiqdi