14:39 / 18.03.2018
4 483

Superliga: Namanganda muxlislar tashrifi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Superliga: Namanganda muxlislar tashrifi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvida rekord natija qayd etildi. Shu kuni Namangandagi “Markaziy” stadioniga 25300 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu hozircha joriy mavsumdagi stadionga muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord natijadir.

Aslida Namangandagi stadionga 21913 nafar muxlis sig‘ishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Lekin kecha katta futbolni sog‘ingan muxlislar sevimli jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun tribunalar zinalari, uning atroflaridan joy olishdi.

Namangandagi mavsumning ochilish marosimida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan birga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov, Namangan shahri hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi.

“Navbahor” klubi 3-turdan o‘rin olgan uchrashuvda mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga: Namanganda muxlislar tashrifi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi