22:39 / 18.03.2018
3 758

Superliganing 3-turiga 85 mingdan ziyod tomoshabin keldi

Superliganing 3-turiga 85 mingdan ziyod tomoshabin keldi
O‘zbekiston Superligasining 3-turi muxlislar tashrifi borasida eng yaxshisi bo‘ldi. Mazkur turdan joy olgan 6 ta uchrashuvni jami 85 209 nafar muxlis kuzatib bordi.

Mavsumdagi ilk turni ko‘rish uchun stadionlarga 80 570 ishqiboz tashrif buyurgandi. Bunda eng ko‘p ishqiboz “Neftchi” — “Nasaf” o‘yiniga keldi — 19 632.

2-turda esa tashriflar soni kamaydi — 57 876. Biroq 1 ta o‘yin borasidagi ko‘rsatkich yaxshilandi hamda “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisini 20 168 muxlis stadiondan kuzatdi. Bu ko‘rsatkich mazkur ikki klubning o‘zaro o‘yinlardagi rekord natijasi bo‘ldi. Bungacha 2008 yilgi mavsumdagi Toshkent derbisini 18 mingdan ko‘proq ishqiboz kuzatib borgandi.

3-turga kelib Superliganing rekordi Namanganda yangilandi. “Navbahor” hamda “Lokomotiv” jamoalari ishtirokidagi o‘yinni 25 300 ishqiboz stadiondan kuzatdi. Shu kuni ayrim sektorlarga chiptalar 30 mingdan sotilgan bo‘lsa-da, stadion kassalarida birorta ham chipta qolmadi. Shuningdek, Namangandagi stadionga kirish istagida bo‘lgan yana minglab muxlislar tribunalardan joy topa olmay, “Navbahor”ni maydon tashqarisida qo‘llab turdi.

Natijada 3-turda umumiy ko‘rsatkich yanada yaxshilandi. Undan joy olgan 6 ta uchrashuvni ko‘rish uchun jami 85 209 ishqiboz stadionga keldi.

Natijalar Tomoshabinlar

«Metallurg» – «Qo‘qon-1912» 1:0 5 641

«Buxoro» - «So‘g‘diyona» 3:0 14 800

«Neftchi – «Buxoro» 0:1 18 051

«Navbahor» – «Lokomotiv» 2:0 25 300

«Paxtakor» – AGMK 2:1 12 852

«Qizilqum» – «Nasaf» 1:2 8 565

Jami 3-turga stadionlarga tushgan muxlislar soni: - 85 209 nafar.

Manba: the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliganing 3-turiga 85 mingdan ziyod tomoshabin keldi