00:03 / 21.03.2018
3 768

Elnur Abduraimov “NUR” taxallusi ostida jang qiladi

Elnur Abduraimov “NUR” taxallusi ostida jang qiladi
Avval, “Uzbek Tigers” jamoasining sobiq a’zosi Elnur Abduraimov professional boksda faoliyatini boshlash uchun Amerikaning Mayami shahriga jo‘nab ketgani va u yerda murabbiy Pedro Diaz bilan “Fight Promotion” klubida mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Elnurning Sports.uz internet portaliga bergan xabariga ko‘ra, u o‘zining ilk jangini 20 aprel kuni Las Vegasda o‘tkazadi. Biroq hozirgi kunda bokschimizga kim raqib bo‘lishi aniq emas.

Shuningdek, jahon va Osiyo chempionatlari g‘olib va sovrindori, qator xalqaro turnirlar g‘olibi, ko‘p karra mamlakatimiz chempioni Elnur Abduraimov professional janglarda “NUR” taxallusi ostida ishtirok etadi.


– Men profesional boksda ilk jangimga murabbiyim Pedro Diaz qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Xudo xohlasa 20 aprel kuni Las Vegasdagi boks kechasida ringga ko‘tarilib, muxlislarimni va xalqimizni ishonchini oqlayman. Taxallusim haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, “NUR” endi men professional boksda yorqin nur kabi porlamoqchiman. Shu sababli ham men ushbu taxallusni tanladim – deydi Elnur Sports.uz ga bergan intervyusida.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimov “NUR” taxallusi ostida jang qiladi