21:49 / 22.03.2018
2 705

Superliga taqvimida o‘zgarish

Superliga taqvimida o‘zgarish
Superliga 4-tur doirasida o‘tkazilishi belgilangan ikkita uchrashuv boshqa kunga ko‘chirildi.

FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, qolaversa, musobaqa o‘tkazish Reglamentida belgilanganidek, klubning uch va undan ortiq futbolchilari terma jamoalarga chaqirilgan taqdirda chempionat uchrashuvini boshqa muddatga ko‘chirish imkoniyatiga ega ekanligidan kelib chiqib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Senegal hamda Marokashga qarshi hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Keniyaga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvlari bois, 4-tur doirasidagi bir qator o‘yinlar boshqa muddatga ko‘chirildi.

Jumladan, ushbu xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida terma jamoalarimizning maydonga tushishi mumkin bo‘lgan tarkibiga “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublarining bir qator futbolchilari jalb etilgani va ular klublari safiga kechroq yetib kelishlari bois Superliganing 4-turidagi quyidagi o‘yinlar muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvi no’malum muddatga qoldirildi. “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvi 30 martdan 31 martga, “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvi esa 31 martdan 30 martga ko‘chirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga taqvimida o‘zgarish