00:05 / 24.03.2018
3 484

Ravshan Haydarov: Mag‘lubiyat - yigitlar uchun saboq bo‘ldi

Ravshan Haydarov: Mag‘lubiyat - yigitlar uchun saboq bo‘ldi
Bugun Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida O‘zbekiston va Keniya olimpiya jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda vakillarimiz raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yin borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Keniyaga qarshi bahs o‘zimizning kuchimizni aniqlab olish maqsadida tashkil etilgan. Bugun juda yaxshi shakllangan afrika jamoasiga mag‘lub bo‘ldik. Avvalambor, bugun maydonga andijonlik muxlislarni xursand qilish maqsadida maydonga tushgan edik. Futbol shunday narsa - sen urmasang, senga urishadi. Ular himoyamizdagi xatodan unumli foydalanishdi. Bugun yetakchi futbolchilarimizning yo‘qligi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Lekin bu bahona bo‘la olmaydi.

O‘zingiz ko‘rdingiz, ular qarshi hujumga juda tez o‘tib ketishdi. Ular Afrika jamoalariga unchalik ham hos bo‘lmagan jamoviy tashkil etilgan o‘yin ko‘rsatishdi. Bu yigitlar uchun saboq bo‘ldi.

Keniyaning imkoniyatlarini va ular haqida ma’lum miqdorda ma’lumotimiz bor edi. Lekin taqqoslash baribir maydonda bilinadi. Maydonning holati hujum qiladigan jamoaga qiyinchilik tug‘diradi. Keniya esa qarshi hujumda o‘ynadi. O‘zgarishlar orqali o‘yinni kuchaytirishga intildik. Gol ham urdik, toza gol edi menimcha. Futbol - hech narsani kechirmaydi. Ko‘plab yosh futbolchilar taklif etildi. Bu yerda mensimaslik degan narsa yo‘q. Shunchaki, jamoamiz shakllanish jarayonida.

Bu o‘yinlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni uchun tashkil etildi. U yerda 1995 yil tug‘ilgan futbolchilar o‘ynaydi. 3 ta yoshi katta futbolchilar uchun ruxsat bor. Oxirgi o‘yinlarni ko‘rib, Turg‘unboyevga imkoniyat berdim. O‘ylaymanki, yomon o‘ynamadi. Jamoamizda Osiyo o‘yinlarida o‘ynay oladigan yoshdagi 14 ta futbolchi bor. Ularning ham o‘yinlarini sekinlik bilan o‘stirib borishga harakat qilmoqdamiz.

Muxlislar yutqazganimizga qaramay, chiroyli o‘yin guvohiga aylanishdi. Afrika jamoalarini O‘zbekistonda ko‘rish ham qiziq. O‘FAga aynan arab yoki boshqa tanish jamoalar emas, aynan Afrika jamoasi bilan o‘yin tashkil etib bergani uchun rahmat", - deb aytib o‘tdi Haydarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: Mag‘lubiyat - yigitlar uchun saboq bo‘ldi