“Barselona” hujumchisi Lionel Messi sobiq jamoadoshi, ayni vaqtda “PSJ” a’zosi bo‘lgan Neymarga “Manchester Siti” safiga o‘tishni maslahat qilgan. Don Balon manbasi ma’lumotiga ko‘ra, u braziliyalik futbolchiga “Real”ning taklifini qabul qilmaslik kerakligini aytgan.
Qayd etilishicha, Messi kataloniyaliklar jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Manchester Siti”da olib borayotgan ishlardan katta taassurot hosil qilgan. Uning fikricha, Neymarga ushbu jamoa o‘yini mos keladi.
O‘tgan haftada OAVda Neymar parijliklar klubi rahbariyatiga ultimatum qo‘ygani, agar jamoadagi haftalik maoshi miqdori 1,1 million yevroga oshirilmasa, klubdan ketishini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Shuningdek, u o‘zini baxtsiz his qilayotgani sababli “Barselona”ga qaytish istagida ekani aytilgandi.
“Real” esa uni qo‘lga kiritish uchun ancha vaqtdan buyon harakat qilib kelmoqda.
Hozirda 26 yoshli ushbu futbolchi fevral oyida Fransiya chempionatida olgan jarohatini davolash bilan band. U tovonidan olgan jarohatini may oyi oxirigacha tuzatib, safga qaytishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Neymar “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 30 o‘yinda maydonga tushib, 29 gol urgan va 3 golga uzatma bergan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi