06:02 / 26.03.2018
3 736

“Barselona” Grizmann uchun 100 mln yevrodan ko‘proq taklif qiladi

“Barselona” Grizmann uchun 100 mln yevrodan ko‘proq taklif qiladi
Kataloniya klubi “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann transferini jahon chempionati startiga qadar hal qilmoqchi, deb xabar bermoqda “Xabar.uz”.

“Barselona” maosh bo‘yicha belgilangan byudjet chegarasidan chiqmoqchi emas. Grizmann oyligining pasaytirilishiga rozi, ammo unga natijalariga qarab qo‘shimcha bonuslar belgilanadi.

Kataloniyaliklar ushbu kelishuvda “Atletiko” bilan munosabatlarni buzish niyatidamas, shu sabab hujumchi uchun uning shartnomasida belgilangan 100 million yevrodan oshiqroq to‘lashga tayyor.
Klubdagilar bu summa “Atletiko”ni qanoatlantirishidan umid qilishmoqda. Shunda kataloniyaliklarning futbolchi transferini shartnomada ko‘rsatilgan summani to‘lab, o‘z safiga qo‘shib olish uchun Ispaniya professional futbol ligasi (LFP)ga murojaat qilishiga hojat qolmaydi.

“Barselona” Grizmann xaridini tezroq rasmiylashtirmoqchi, lekin hujjatlar kelgusi moliyaviy yilga imzolanishi uchun transferni 1 iyulgacha e’lon qilmoqchi emas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” Grizmann uchun 100 mln yevrodan ko‘proq taklif qiladi