12:24 / 26.03.2018
4 206

Jahongir va Umid Qirg‘izistonda g‘olib bo‘ldi

Jahongir va Umid Qirg‘izistonda g‘olib bo‘ldi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.

"Strong" boks arenasida o‘tgan musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikistondan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

Unda MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur To‘g‘izboyevning ikki shogirdlari Umid Sagdulayev vaa Jahongir Yorkulov mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Nufuzli musobaqada vazni 77 kilogramm bo‘lgan Jahongir qirg‘izistonlik Q.Sama Uluga qarshi jang o‘tkazib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, 71 kilogramm vazn toifasida Umid mezbonlar sharafini himoya qilgan I.Omurbekovni mag‘lubiyatga uchratdi.

– Qirg‘izistonda o‘tgan mazkur musobaqada shogirdlarim g‘alaba qozonganidan xursandman. O‘ylaymanki, bu g‘alabalar oxirgisi bo‘lmaydi. Umid va Jahongirning musobaqada o‘tkazgan janglarildan ko‘nglim to‘ldi. Biz sportchilarning asosiy maqsadimiz, jahon arenalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdir. Men sportchi sifatida bir qator g‘alabalarga erishdim. Endi esa shogirdlarim ham o‘zbek o‘g‘lonlari hechkimdan kam emas va kam bo‘lmasliklarini dunyoga namoyon etmoqda, – deydi Mansur To‘g‘izboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahongir va Umid Qirg‘izistonda g‘olib bo‘ldi