14:38 / 26.03.2018
4 507

Marokash matbuoti O‘zbekistonni «kuchsiz» deb atadi

Marokash matbuoti O‘zbekistonni «kuchsiz» deb atadi
Ertaga tunda bo‘lib o‘tadigan Marokash hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv sekin-asta xorij matbuotida ham tilga olinmoqda. Bu haqda «Uff.uz» yozmoqda.

Jumladan, poytaxt Rabat shahrida chop etiladigan bir qator nashrlar Marokash termasining navbatdagi raqibi bo‘lgan O‘zbekistonga imkon qadar to‘xtalib o‘tmoqda. Aniqrog‘i, bizning terma jamoani Shimoliy afrikaliklar Osiyoning o‘rtacha jamoalari qatoriga qo‘shishgan. Hatto FIFA reytingida nechanchi o‘rinda ekanligimiz ham eslab o‘tishgan.

«Milliy terma jamoamiz «A» (marokashliklar «A» deb mamlakat bosh jamoasini nazarda tutishadi — Uff.uz tahriri.) bu safar raqib sifatida Osiyo vakili bilan kuch sinashadi. O‘zbekistonning qanday kuchga ega ekanligini bilmaymiz. Bu bir tarafdan yaxshi bo‘lishi ham mumkin. Chunki, bu holat futbolchilarga qo‘shimcha kuch ato etadi.

Ayni paytda O‘zbekiston FIFA reytingining 72-o‘rinini band qilgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ular Senegal termasi bilan bo‘lgan durang o‘ynay olishdi. Bu hech narsani anglatmaydimi?

Senegal Kasablankada o‘zidan kuchsizroq bo‘lgan raqibini yenga olmadi. Balki, qit’adoshlarimiz JCh oldidan o‘z kuchlarini saqlashgandir, ammo «A» termamiz bu raqibini yutishi shart. Undan keyin qolgan narsalarga taraddud ko‘riladi», — deyiladi Rabat matbuotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marokash matbuoti O‘zbekistonni «kuchsiz» deb atadi