00:24 / 27.03.2018
4 127

Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Umid Ahmadjonov Dubay shahrida BAA futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Hazzam Al-Daheriy bilan uchrashdi deya xabar bermoqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi.

Uchrashuv davomida 2019 yil BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasining tashkiliy masalalari muhokama qilindi hamda ushbu musobaqaga O‘zbekistondan volontyorlar – ko‘ngillilarni yuborib, bunday yirik musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish tajribasini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va BAA futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida imzolangan memorandum asosida har ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish, almashuv asosida hakamlarni Kubok finallari va o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb qilish bo‘yicha ham suhbat olib borildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi