22:18 / 26.03.2018
3 496

O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida Keniyani mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida Keniyani mag‘lubiyatga uchratdi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniya olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida kechgan uchrashuvda vakillarimiz uzoq vaqt raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmadi. Hakam o‘yindagi to‘xtalishlar uchun o‘yinga 7-daqiqa vaqt qo‘shib berdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada Doston Tursunov boshi bilan aniq zarba yo‘llab, uchrashuvda hisobni ochdi va O‘zbekiston OTJ g‘alabasini ta’minladi.

O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston OTJ - Keniya OTJ 1:0
Gol:
D.Tursunov (90+7)

O‘zbekiston OTJ: 21.Rahimjon Davronov, 2. Islom Qobilov, 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Abbos Otaxonov, 6. Azizjon G‘aniyev, 20. Doston Tursunov, 13. Aziz Turg‘unboyev, 23.Nurillo To‘xtasinov, 17.Abdujamol Isroilov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10.Bobir Abdixoliqov.

Keniya OTJ: 18.Ojvang Timoti Odxiambo, 14.Mayk Evans Kibvage, 12.Omvenga Timti Balton, 3.Okumu Yozef Stenli, 2.Amai Atariza, 8.Yida Sven, 19.Ibrohim Shambi Ramazoni, 16.Odnenyi Jafari Ovitti, 7.Kasuti Kliff Koroboi, 15.Oginga Berard Ochiyeng, 9.Mutamba Pistone Vunyoli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida Keniyani mag‘lubiyatga uchratdi