07:04 / 27.03.2018
3 685

Ronald Kuman: "Gollandiya endi eng zo‘rlardan biri emas"

 Рональд Куман: "Голландия энди энг зўрлардан бири эмас"
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Portugaliyaga qarshi bugungi o‘rtoqlik o‘yinidan oldin fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, gollandlar yaqindagina Angliyaga imkoniyatni boy berishgan edi. O‘sha bahsda yagona to‘pni inglizlar vakili Jessi Lingard kiritgan edi.

"Ko‘rinib turibdi, Gollandiya terma jamoasi endi eng zo‘rlardan biri emas. Biz yuqoriga ko‘tarilish uchun yangi yo‘l qidirishimiz kerak. Biz hozirning o‘zidayoq boshqacha sxemada o‘ynayapmiz. Men portugallar bilan o‘yin biz uchun Angliyaga qarshi bahsdan yaxshiroq bo‘ladi deb o‘ylayapman", - dedi Kuman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronald Kuman: "Gollandiya endi eng zo‘rlardan biri emas"