16:02 / 27.03.2018
3 806

Rasman! Pro-Liga musobaqasiga qur’a tashlandi

Rasman! Pro-Liga musobaqasiga qur’a tashlandi
Ayni paytda O‘FA majlislar zalida Pro-liga va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Pro-liga o‘yinlariga qur’a tashlanib bo‘lindi. Unga ko‘ra, ikki toifa – A va V guruhlarida olib boriladigan musobaqa 6 aprelda start olib, 27 noyabrga qadar davom etishi belgilandi. Demak,

1-tur, 6 aprel

“A” guruhi

“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Xorazm” (Urganch)
“Orol” (Nukus) – “Istiqlol” (Farg‘ona)
“Andijon” (Andijon) – “Mash’al” (Muborak)
“Norin” (Norin) – “Dinamo” (Samarqand)
“Surxon” (Termiz) jamoasi dam oladi.

“V” guruhi
“Nurafshon” (Toshkent vil) – “Iftixor” (Oltiariq)
“Zomin” (Zomin) – “Labsa” (Buxoro)
“G‘ijduvon” (G‘ijduvon) – “Lokomotiv-BFK” (Toshkent)
“Yozyovon” (Yozyovon) – “Xotira-79” (Uychi)
“Sherdor” (Samarfqand) dam oladi.

2-tur, 11 aprel

“A” guruhi
“Mash’al” – “Norin”
“Istiqlol” – “Andijon”
“Xorazm” – “Orol”
“Surxon” – “Sho‘rtan”
“Dinamo” dam oladi

“V” guruhi
“Lokomotiv-BFK” – “Yozyovon”
“Labsa” – “G‘ijduvon”
“Iftixor” – “Zomin”
“Sherdor” – “Nurafshon”
“Xotira-79” dam oladi.

Pro A mintaqaning 2 va 3-o‘rnini egallagan klublar, Pro B mintaqaning 2 va 1-o‘rin jamoalariga qarshi pley-off o‘yinida ishtirok etadi. Juftlik g‘oliblari Superliganing 10 va 11-o‘rnidan joy olgan klublarga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Pro B mintaqada 1-2 o‘rinni qo‘lga kiritgan klublar kelasi mavsumni Pro A mintaqada boshlaydi. Pro A mintaqaning so‘nggi ikki klubi esa Pro B mintaqaga tushiriladi.

Pro B mintaqaning so‘nggi ikki jamoasi 2-ligaga tushib ketadi. Pro B mintaqada 6 va 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan klublar ligada o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun 2-liganing mintaqaviy g‘oliblariga qarshi pulkada qatnashadi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Pro-Liga musobaqasiga qur’a tashlandi