Samvel Babayan Latviya chempionini boshqaradi!

  • Sport
  • 27-03-2018, 20:39
  • 595
  • Самвел Бабаян Латвия чемпионини бошқаради!
    O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Latviya chempioni "Spartak" Yurmala jamoasining bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.

    Xabarda aytilishicha, ketma-ket ikkinchi yil Latviya chempioniga aylangan "Spartak" jamoasida Samvel Babayanga Viktor Jalilov hamda Grigoriy Kolosovskiy yordamchi murabbiy sifatida ko‘maklashishadi.

    Sayt xodimlari O‘FA Samvel Babayanni futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirgani borasida Latviya futbol federatsiyasiga murojaat qilganida, ular O‘FA Ijroqo‘mi Babayandan 1 fevral kuni diskvalifikatsiyani olib tashlaganini tasdiqlashgan. Shu boisdan ham Samvel Babayan endilikda xorijda murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.

    "Spartak" Yurmala Latviya chempioni sifatida kelasi mavsumda YeChL saralash bosqichidan o‘z ishtirokini boshlaydi. Samvel Babayan YeChL doirasidagi o‘yinda ishtirok etadigan ilk o‘zbekistonlik mutaxassisga aylanishi mumkin.

    Latviya chempionatining yangi mavsumi kelasi hafta start oladi. Babayan 1 aprel kuni Latviya chempionatidagi o‘z debyutini "Yelgava" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

    Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil sentyabrida “Camvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmagani munosabati bilan" O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuborilgandi.

    » » Samvel Babayan Latviya chempionini boshqaradi!
    Яндекс.Метрика