06:06 / 28.03.2018
4 587

Qozog‘istonliklar Krishtianu Ronalduga chopon sovg‘a qildi (video)

Qozog‘istonliklar Krishtianu Ronalduga chopon sovg‘a qildi (video)
Krishtianu Ronaldu yaqinda ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenkodan boks qo‘lqoplarini sovg‘a sifatida qabul qilib olgan edi. Portugaliyalik hujumchiga sovg‘alar kelishi davom etmoqda. Bu safar Ronalduga qozoqcha chopon sovg‘a qilindi, deb yozadi Daryo nashri Tengrinews'ga tayanib.

Ronalduga sovg‘a topshirilgan holat Instagram va YouTube tarmoqlarida paydo bo‘ldi.

«Bu an’anaviy qozoq choponi. U eng hurmatli insonlarga hadya qilinadi. Bu bizning ramzlarimiz: bayroq va burgut. Choponni kiyib, Qozog‘istonga kelgan odam hurmatli shaxs hisoblanadi», — deydi videotasvirda sovg‘aning mohiyatini tushuntirishga harakat qilgan shaxs.

Ta’kidlanishicha, milliy chopon va esdalik uchun suvenirlar qozoq kompaniyalari biri tomonidan Ronalduga sovg‘a qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘istonliklar Krishtianu Ronalduga chopon sovg‘a qildi (video)