07:32 / 29.03.2018
4 927

Osiyo kubogi - 2019: O‘zbekiston uchinchi savatchadan joy olishi mumkin

Osiyo kubogi - 2019: O‘zbekiston uchinchi savatchadan joy olishi mumkin
2019 yil BAAda o‘tkaziladigan Osiyo kubogining barcha ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumki, musobaqada ilk marotaba 24 ta jamoa qatnashadi.

Ular: BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Falastin, Ummon, Hindiston, Livan, Turkmaniston, Iordaniya, Bahrayn, Vetnam, Qirg‘iziston, KXDR, Filippin va Yaman.

Musobaqaning qur’a tashlash marosimi 4 may kuni o‘tkazilishi belgilangan. Unda BAA terma jamoasi 1-savatchadan joy oladi. Qolgan jamoalar aprel oyidagi FIFA reytingiga asoslanib, savatchalarga ajratiladi. Ularning taxminiy tarkibi quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

1-savatcha: BAA, Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni
2-savatcha: Xitoy, Qirg‘iziston, Suriya, Livan, Falastin, Ummon
3-savatcha: O‘zbekiston, Iroq, Hindiston, Qatar, Vetnam, KXDR
4-savatcha: Filippin, Bahrayn, Iordaniya, Yaman, Tailand, Turkmaniston

Terma jamoalar 6ta guruhga ajratiladi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan jamoalardan eng yaxshi 4tasi 1/8 final bosqichiga, pley-off bahslariga yo‘l oladi.

Musobaqa 5 yanvar - 1 fevral kunlari BAAning 4ta shahrida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi - 2019: O‘zbekiston uchinchi savatchadan joy olishi mumkin