22:10 / 30.03.2018
6 715

Mirjalol Qosimov: "Takrorlayman, futbolchilarim qizlar bilan gaplashadi"

Миржалол Қосимов: "Такрорлайман, футболчиларим қизлар билан гаплашади"
Bugun O‘zbekiston Superligasida 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. Toshkentning "Bunyodkor" klubi o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Albatta, yigitlardan minnatdorman. Bu mavsum chiroyli o‘yin namoyish etishmoqda. O‘zingiz guvoh bo‘ldingiz, birinchi bo‘lib, gol o‘tkazib yubormaganimizga qaramasdan yigitlar shoshqaloqlik qilmadi. Bu o‘z natijasini berdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikkala jamoa g‘alaba uchun kurashdi va yaxshi vaziyatlar, kombinatsiyalar ko‘rsatib, haqli ravishda g‘alaba qozondik. Kuni kecha Ravshan Ermatov JChda ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, unga "Bunyodkor" klubi nomidan omad tilab qolaman.

Avvalambor, mashg‘ulotlarda standart vaziyatlardan foydalanish borasida ishlaymiz. Almashtirilmas futbolchi yo‘q. U Mirjamol bo‘ladimi, Xurshidmi farqi yo‘q. Maydonga tushgan futbolchi klub imidji uchun o‘z hissasini qo‘shishi kerak.

Futbolchilarimizning tajribasi "Buxoro" futbolchilarinikidan kamdir. Ularda xalqaro o‘yinlarda ishtirok etgan futbolchilar bor. Ammo oldin ham aytganman, futbolchilarim yosh emas, ular qizlar bilan gaplashadi" (kuladi), - deb aytib o‘tdi Qosimov.

Manba: SPORTS.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Takrorlayman, futbolchilarim qizlar bilan gaplashadi"