08:20 / 01.04.2018
3 782

No‘’mon Hasanov: “G‘alaba muxlislarimiz uchun sovg‘a bo‘ldi”

No‘’mon Hasanov: “G‘alaba muxlislarimiz uchun sovg‘a bo‘ldi”
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No‘’mon Hasanov va “Qo‘qon-1912” a’zosi Javohir Sidiqov qatnashishdi.

No‘’mon Hasanov: - Oldindan shunday o‘yin bo‘lishini bilgan holda tayyorgarlik ko‘rgandik. Oxirgi uchrashuvlarda “Navbahor” himoyaviy o‘yin ko‘rsatishini bilgandik.

Muxlislarimiz uchun bugun haqiqiy bayram bo‘ldi. G‘alaba ular uchun munosib sovg‘a bo‘ldi, deyishim mumkin. Bugun yigitlar borlarini berib o‘ynashdi. Futbolchilar bir-birlari bilan qisqa pas orqali o‘ynashlari menga manzur bo‘ldi. To‘g‘ri,bunga erishish oson bo‘lmadi.

Futbolda zaxiraga ko‘p e’tibor berish kerak, deb hisoblayman. Tezlikni oshirish uchun zaxiradan foydalanish zarar qilmaydi. Bugun ham ushbu prinsipimga sodiq qoldim va bu samara berdi.

Taran birinchi taymda yaxshi to‘p surdi. To‘pni o‘zida saqlab turish bo‘yicha u yetakchilardan biri sanaladi. Igor hali o‘zini ko‘rsatadi.

Javohir Sidiqov: Bugungi o‘yin muxlislarbop bo‘ldi. Muxlislarimiz stadionda haqiqiy bayramni tashkil etishdi. “Navbahor”ga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorlangandik. Bugungi g‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilgani yo‘q.

Ishqibozlarimiz ham bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlashdi. Ularga minnatdorchilik bildirib o‘tamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanov: “G‘alaba muxlislarimiz uchun sovg‘a bo‘ldi”