08:30 / 02.04.2018
3 676

«Zenit» va SSKA noxush an’anaga barham berdi

«Zenit» va SSKA noxush an’anaga barham berdi
Rossiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

«Zenit» bu turda «Ufa» mehmoni bo‘ldi va uzoq vaqt davom etgan noxush an’anaga barham berdi. Ketma-ket uch turdan buyon gol ura olmayotgan Manchini shogirdlari bu turda nafaqat gol urdi, balki g‘alaba ham qozona oldi.

Shuningdek, bu turda SSKA «Rostov» mehmoni bo‘lib, o‘zi uchun noxush bo‘lib qolayotgan an’anani tugatdi. Moskvaliklar jamoasi 12 yil deganda ilk marta Rostovdan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.

Uchrashuvda mezbonlar hujumchisi o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov umuman maydonga tushmadi.

«Anji» tarkibida boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi Dostonbek Hamdamov asosiy tarkibda tushdi. «Krasnodar» mehmoni bo‘lgan maxachqal’aliklar so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Hamdamov 69-daqiqagacha maydonda bo‘ldi.

Turning yana bir uchrashuvi «Ural» va «Rubin» o‘rtasida kechib, unda g‘olib aniqlanmadi - 1:1.

Rossiya chempionatining 24-turidan keyin turnir jadvalida «Lokomotiv» 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, «Spartak» oradagi farqni 2 ochkoga qisqartirgan, «Spartak» (44) va «Zenit» (42) uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda joylashgan.

Rossiya chempionati
24-tur

Ural – Rubin 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 34 Popov, 1:1 – 73 Bikfalvi.
Ural – Godzyur, Kulakov, Balajits, Mayega, Merkulov, Fidler (Yevseyev, 50), Yemelyanov, Dimitrov (Chanturiya, 74; Dansev, 84), Bikfalvi, El-Kabir, Ilin.
Rubin – Djanayev, Navas, Granat, Konovalov (Karadeniz, 75), Enake, Mogilevets, Noboa, Kudryashov, Sorokin, Popov (Azmun, 68), Jemaletdinov.
Ogohlantirishlar: Navas (64), Bikfalvi (65), Kudryashov (68), Yevseyev (76), Kulakov (85).
Chetlatish: Bikfalvi (88).

Ufa – Zenit 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar:
0:1 – 17 Ivanovich, 0:2 – 21, avtogol Nedelcharu, 1:2 – 63 Paurevich.
Ufa – Belenov, Nikitin, Nedelcharu, Tabidze (Igboun, 72), Jivoglyadov, Salatich, Paurevich, Yokich, Oblyakov (Alikin, 83), Sыsuyev (Karp, 46), Stotskiy.
Zenit – Lunev, Ivanovich, Mevlya, Krishito, Jirkov (Kakkoyev, 81), Smolnikov (Skrobotov, 90), Kranevitter, Yeroxin, Paredes, Zabolotnыy, Driussi (Rigoni, 75).
Ogohlantirishlar: Krishito (90), Oblyakov (90).

Rostov – SSKA 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar:
0:1 – 44 Щennikov, 1:1 – 61 Ingason, 1:2 – 75 Vernblum.
Rostov – Pesyakov (Abayev, 72), Sigurdsson, Vilyush (Dyadyun, 84), Makeyev, Ingason, Ionov, Sapeta, Gatskan, Kalachev, Parshivlyuk, Sigurdarson (Skopinsev, 85).
SSKA – Akinfeyev, Ignashevich, Berezutskiy, Щennikov, Berezutskiy, Vernblum, Natxo, Golovin, Dzagoyev (Kuchayev, 78), Nababkin, Musa (Vitino, 84).
Ogohlantirishlar: Ingason (9), Nababkin (32), Kalachev (32), Sapeta (76).

Krasnodar – Anji 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 33 Klasson, 1:1 – 90 Danchenko.
Krasnodar – Sinitsыn, Petrov, Martыnovich, Grankvist, Kalinin, Kabore (Gazinskiy, 53), Mamayev (Joaozino, 69), Shatov, Pereyra, Klasson, Smolov (Vanderson, 85).
Anji – Loriya, Danchenko, Samardjich, Brыzgalov, Poluyaxtov, Tetrashvili, Bakayev (Prudnikov, 83), Xamdamov (Yakovlev, 69), Leskano, Markelov (Xubulov, 57), Budkovskiy.
Ogohlantirishlar: Kabore (45), Samardjich (64), Poluyaxtov (71), Pereyra (82).

Turnir jadvali


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Zenit» va SSKA noxush an’anaga barham berdi