07:57 / 05.04.2018
3 913

“Barselona” “Roma”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi (video)

“Barselona” “Roma”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi (video)
Chempionlar ligasi 1/4 finalida “Barselona” “Roma”ni qabul qildi. “Kamp Nou” stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 38-daqiqasida hisob ochildi: “Barselona” Daniele De Rossi o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishi evaziga oldinga chiqdi. Rimliklar jamoasi sardori Andres Inyestaning uzatmasini qaytarishga urinaturib, to‘pni Allison qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘naltirdi.

“Roma”ning yana bir futbolchisi Kostas Manolas ham ikkinchi bo‘limda avtogol muallifi bo‘ldi. Samuel Yumtiti bergan zarbadan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi va Manolasga tegib yana darvozaga yo‘naldi -2:0.

“Barselona”ning uchinchi goli 59-ydaqiqada urildi, bu vaziyatda Alison Luis Suaresning kuchli zarbasini qaytardi, ammo to‘pga birinchi bo‘lib Jerar Pike yetib keldi va darvozabonni osonlik bilan dog‘da qoldirdi.

80-daqiqada Edin Djeko bitta gol urib hisobni qisqartirdi, ammo o‘yin yakunlanishi arafasida Suares himoyachilar xatosidan foydalanib o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi - 4:1.

“Roma” va “Barselona” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 10 aprel kuni Rimda bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasi
1/4 final
Birinchi o‘yin

Barselona – Roma 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar:
1:0 – 38, avtogol de Rossi, 2:0 – 55, avtogol Manolas, 3:0 – 59 Pike, 3:1 – 80 Djeko, 4:1 – 87 Suares.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Serdji Roberto (Andre Gomesh, 83), Buskets (Paulino, 67), Rakitich, Inyesta (Denis Suares, 85), Messi, Suares.

Roma – Alisson, Fasio, Kolarov, Bruno Peres, Manolas, Strotman, de Rossi (Defrel, 77), Florensi (El-Shaaravi, 72), Pellegrini (Gonalon, 60), Perotti, Djeko.

Ogohlantirishlar: Kolarov (44), Strotman (86).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” “Roma”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi (video)