06:02 / 07.04.2018
3 547

Superliga. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" o‘yiniga kirish bepul

Суперлига. "Локомотив" - "Қўқон-1912" ўйинига кириш бепул
"Lokomotiv" Superliga 5-turida "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi. Stadionga yanada ko‘proq muxlislar jalb etish, ularga yanada ko‘proq qulayliklar yaratishga intilayotgan "Lokomotiv" PFK mazkur uchrashuvga muxlislarning bepul tarzda kirishlarini ta’minlashga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

7 aprel kuni soat 18:00da "Lokomotiv" stadionida start oladigan uchrashuvni bevosita o‘yingohdan kuzatishni maqsad qilgan barcha muxlislar "Lokomotiv" stadioni kassalariga murojaat qilishlari mumkin. Kassada ularga 1-8 sektorlar uchun bepul biletlar taqdim qilinadi.

Qolaversa, stadionga tashrif buyuradigan barcha ishqibozlar klub do‘konlaridan jamoamiz libos hamda atributlarini harid qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" o‘yiniga kirish bepul