08:03 / 07.04.2018
3 176

Joze Mourino: “Maqsadimiz ikkinchi o‘rinni egallash, buni yashirmayman”

Joze Mourino: “Maqsadimiz ikkinchi o‘rinni egallash, buni yashirmayman”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Siti”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ayni paytda APL turnir jadvalida Mourino shogirdlari peshqadam “Siti”dan 16 ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi pog‘onada bormoqda.

“Maqsadimiz – mavsumni ikkinchi pog‘onada yakunlash. Umuman mavsumni kuchli to‘rtlikda tugatishimiz aniqroq. Ammo hali hammasi hal etilgani yo‘q. Bizni ta’qib etayotgan jamoalarda ham aynan kumush pog‘ona uchun kurashish imkoniyati mavjud.

Mavsumni sovrinsiz tugatsang, ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinni egallashning ahamiyati yo‘q. ChLda guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritamiz.Biz imkon qadar ko‘proq ochko to‘plashga erishdik, ammo “Siti” judayam ko‘p uchrashuvlarni o‘z foydasiga hal etdi. Shu sabab ularni quvib yetish imkonsiz. Ayni paytda chempionlik uchun emas, ikkinchi o‘rinni egallash niyatidamiz”, deydi Mourino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: “Maqsadimiz ikkinchi o‘rinni egallash, buni yashirmayman”