21:59 / 07.04.2018
3 943

Tezkor xabar! “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi hakami jazolanadi

Tezkor xabar! “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi hakami jazolanadi
Superliga 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvida bosh hakamga yordam bergan Akbar Quvvatov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani uchun jazolanadi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Valentin Kovalenko boshqarib borgan bellashuvning 17-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchilari hisobni tenglashtirishga erishdi. Takroriy lavhalar gol o‘yindan tashqari holatdan kiritilganini ko‘rsatdi.

O‘sha vaziyatda qanot hakami Akbar Quvvatov so‘nggi himoyachi bilan bir chiziqda turishi va Marat Bikmayevning o‘yindan tashqari holatda ekanini aniqlab, bayroqchasini ko‘tarishi kerak edi. Biroq laynsmen bu vaziyatni e’tibordan chetda qoldirdi. Oqibatda uning xatosi o‘yin natijasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

“Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi nazoratchisining bildirgisiga asosan Akbar Quvvatov 4 ballga (2 baho) loyiq ko‘rildi. Endilikda u Superliga o‘yinlariga qo‘yilmaydi. Jazo muddati qancha vaqt davom etishini O‘FF Hakamlar qo‘mitasi hal qiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tezkor xabar! “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi hakami jazolanadi