00:06 / 08.04.2018
3 712

No‘’mon Hasanov: "Lokomotiv" inqiroz holatida"

Нўъмон Ҳасанов: "Локомотив" инқироз ҳолатида"
O‘zbekiston Superligasi 5-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov hamda darvozabon O‘tkir Yusupov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bugun chempionatimizning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushdik. O‘zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv"da yaxshi jamoa shakllangan, ular buni uchrashuv davomida isbotlay olishdi. Shuni bilgan holda biz ochiq futboldan voz kechdik. Bir hafta davomida uchrashuvga qarshi hujum uslubida tayyorgarlik ko‘rdik. Biz ko‘proq dam oldik, "Lokomotiv" esa chempionlar ligasida qatnashdi. Biz ham yutsak bo‘lardi, "Lokomotiv" ham g‘alaba qozonishga yaqin keldi. O‘z navbatida ikki jamoa ham ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. "Lokomotiv" ayni damda inqiroz holatiga tushib qolgan, bir necha uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olishmayapti. Shunday bo‘lsa ham ular kuchli jamoa ekanligi ko‘rinib turibdi. Keyingi o‘yinlarda ularga omad tilayman.

Jamoamiz ham anchagina shakllandi. Birinchi bo‘limda futbolchilarim qo‘rqib o‘ynashdi. Mashg‘ulotlarda ishlagan kabi o‘yinlarda ham shunday harakat qilish juda qiyin bo‘lmoqda. Shuning uchun ham tanaffusda yigitlarga qo‘rqmaslikni aytdim. Qilingan harakatlar zoye ketmadi, ikkinchi bo‘limda yigitlar qo‘rqmasdan o‘ynashdi. Juda zo‘r o‘yin namoyish etishdi. Yana aytaman, ochiq futbol o‘ynamadik. "Lokomotiv" bilan bunday futbol o‘ynash juda qiyin. Ularning AGMK bilan o‘yinini ko‘rdim, bemalol 7-8ta gol kiritsa bo‘lardi. Ularning omadi kelmadi. Jamoaning ko‘plab futbolchilarini bilaman, ular juda kuchli.

O‘tkir Yusupov: "Qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. Shu boisdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Murabbiyning ko‘rsatmalarini yaxshi bajargan holda durangga erishdik"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanov: "Lokomotiv" inqiroz holatida"