“Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” o‘yini yuzasidan O‘FA Tartib intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yig‘ilishda uchrashuv komissarining bildirgisi, o‘yin qayd etilgan videoyozuv ko‘rib chiqildi. O‘yinda “Lokomotiv” futbolchilari Nivaldo hamda Sardor Mirzayevning hatti- harakatlari o‘rganib chiqildi va qaror qabul qildi.
Bunga ko‘ra, ”Lokomotiv” o‘yinchisi Nivaldoga nisbatan Intizom kodeksining 5, 45 bandining “m” qismiga binoan 5 o‘yinga diskvalifikatsiya qilish hamda 25 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi. “
Lokomotiv” o‘yinchisi Sardor Mirzayevga nisbatan esa Intizom kodeksining 5.56 bandiga muvofiq 10 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuni qayd etish joizki, keskin qaror qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad tashkilot foydasiga moddiy manfaat ko‘rish emas, balki futbolning tomoshabopligini oshirish, muxlislarning stadionlarga tashrifi davomida futbolchi yohud murabbiylarning noxulqiy xatti-harakatlarini tomosha qilish emas, balki chinakam futbol spektakliga guvoh bo‘lib, madaniy dam olishlarini ta’minlashdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi