20:44 / 08.04.2018
3 545

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» hujumlarni gol bilan yakunlashda oqsamoqda

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» hujumlarni gol bilan yakunlashda oqsamoqda
“Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Superliga 5-turi doirasida “Navbahor”ga (0:0) qarshi kechgan uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yinni o‘zlaringiz guvohi bo‘ldilaringiz, kurashga boy o‘yin bo‘ldi. Bugun ikkala jamoa ham g‘alaba uchun kurashdi. Balki o‘yinni sifati uncha yuqori bo‘lmagandir, ammo maydonda qattiq kurash bo‘ldi. Shundan kelib chiqib bugungi uchrashuv durangga mos bo‘ldi deb, aytish mumkin. Ammo ikkala jamoa ham g‘alaba uchun kurash olib bordi.

Albatta, o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoalar ochko yo‘qotganda natija hech qachon qoniqtirmaydi. Bugungi natija bizni aslo qoniqtirmadi. Takror aytaman bugungi uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi.

Keyingi uchrashuvlarda durang qayd etayotganimizga asosiy sabab, uchrashuvlarda gol ura olmayapmiz. G‘alaba qozonish uchun gol urish talab etiladi. Himoyada yaxshiroq harakat qilayotgandirmiz, ammo hujumlarda gol urish uchun oqsayapmiz. Bu bizning kamchiligimiz. Futbol iborasi bilan aytganda, gol urmasdan g‘alabaga erishib bo‘lmaydi. Bu bizning muammomiz, bu bizni aslo qoniqtirmaydi, kamchilik ustida ishlashimiz kerak.

Dragan Cheran keyingi bir oy davomida jarohati tufayli bizga yordam bera olmadi. Uni o‘yin amaliyoti juda kam. Ammo shunga qaramasdan biz bugun uni maydonga tushirdik. Maydonda bizga muxlislar bosimiga va raqibning standart vaziyatlardagi xavfli o‘yinini bartaraf etish uchun ham, u bizga bugun kerak edi.

Jasur Hasanovni zaxiradan maydonga tushirganimizga sabab, biz keyingi vaqtlarda tez-tez o‘yinlar o‘tkazayapmiz. Shu sabab, ayrim o‘yinchilarimizning kuchini tejashga majburmiz. O‘zlaringizga ma’lum, bizni oldimizda yana bir muhim o‘yin kutib turibdi. Vaziyat shuni taqazo etayapti.

To‘g‘ri, ba’zi o‘yinchilarimiz zaxira o‘rindig‘ida qolib ketayapti. Bunga sabab, jamoadagi raqobat. Biz barcha o‘yinchilarimizga maydonga tushishga imkoniyat beramiz, ammo bu o‘yinchi o‘zini ko‘rsata olishi kerak", - deydi mutaxassis

Foto manbasi: t.me/FcNasafOfficial

Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» hujumlarni gol bilan yakunlashda oqsamoqda