07:32 / 10.04.2018
4 531

«Oltin butsa» uchun kurash avjiga chiqdi. Messi Salohga yetib oldi (ro‘yxat)

«Oltin butsa» uchun kurash avjiga chiqdi. Messi Salohga yetib oldi (ro‘yxat)
Ushbu mavsumda «Oltin butsa» sovrini uchun kurash avji pallasiga chiqib bormoqda. La Liganing 31-turida «Barselona» a’zosi Leo Messi 3 ta gol urib xet-trik qayd etdi. Va sovringa da’vogarlar ro‘yxatida yetakchi bo‘lib turgan «Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh bilan tenglashib oldi. Endi Saloh va Messida bir xil o‘z chempionatlarida urilgan 29 tadan gol mavjud. Ammo qayd etish joiz, Saloh jarohat tufayli «Liverpul»ning APLdagi 33-tur doirasida «Everton»ga qarshi bahsini o‘tkazib yubordi.

Muhammad Saloh («Liverpul») — 29 gol, 58 ochko
Lionel Messi («Barselona») — 29 gol, 58 ochko
Chiro Immobile («Latsio») – 27 gol, 54 ochko
Robert Levandovski («Bavariya») – 26 gol, 52 ochko
Jonas («Benfika») – 33 gol, 49,5 ochko
Edinson Kavani (PSJ) — 24 gol, 48 ochko
Harri Keyn («Tottenhem») – 24 gol, 48 ochko
Mauro Ikardi («Inter») – 24 gol, 48 ochko
Krishtianu Ronaldu («Real») – 23 gol, 46 ochko
Luis Suares («Barselona») – 22 gol, 44 ochko
2017 yilda «Oltin butsa» sovrini La Liganing 2016/2017 yilgi mavsumida 37 ta gol urgan Lieonel Messiga nasib etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oltin butsa» uchun kurash avjiga chiqdi. Messi Salohga yetib oldi (ro‘yxat)