Fazliddin 12 may kuni kimga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 10 aprel 2018, 19:43
  • 2 366
  • Sport
  • Fazliddin 12 may kuni kimga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘ldi
    Olimpiada chempioni, bugungi kunda AQShda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

    Murabbiy Abror Tursunpo‘latovning OLAMSPORT.COM saytiga ma’lum qilishicha, Fazliddin 12 may kuni meksikalik Jezus Silveyraga qarshi jang qiladi.

    Ma’lumot uchun, meksikalik bokschi professional faoliyati davomida 15ta jang o‘tkazgan va ularning 8tasida g‘alaba qozongan (3tasi nokaut). Beshta jangda esa u mag‘lbiyatga uchragan. Ikkita to‘qnashuvda u raqiblarga imkoniyatni boy bergan. Fazliddin esa professional ringda uchta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (1ta nokaut).

    Eslatib o‘tamiz, jang 12 may (Toshkent vaqti bilan 13 mayga tongda) kuni Nyu-Yorkdagi mashhur "Madison Square Garden"da bo‘lib o‘tadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Fazliddin 12 may kuni kimga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘ldi