08:06 / 11.04.2018
3 911

«Roma» «Barselona»ni yirik hisobda yengib yarim finalga yo‘l oldi

«Roma» «Barselona»ni yirik hisobda yengib yarim finalga yo‘l oldi
Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan «Roma» – «Barselona» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Olimpiko» stadionida kechgan bahsda mezbonlar sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Edin Jeko Daniele De Rossining uzatmasidan so‘ng rimliklarni oldinga olib chiqdi. Shundan keyin ham mezonlar hujum qilishdan to‘xtamadilar va raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etdilar.

Ikkinchi bo‘lim debyuti ham mezbonlarga omadli keldi: 56-daqiqada Xererd Pike o‘z jarima maydonchasi ichida Jekoni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishga majbur bo‘ldi. Ilk bahsda avtogol muallifiga aylangan De Rossi penaltini aniq bajarib, jamoasining ikkinchi golini urdi.

82-daqiqada Kostas Manolas burchakdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga to‘g‘irlab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi va bu gollar «bo‘rilar»ni yarim finalga olib chiqdi.

Shu tariqa, «Roma» tarixiy g‘alabani qayd etib, YeChL yarim finalida o‘ynaydigan bo‘ldi.

YeChL, Chorak final

Roma Italiya – Barselona Ispaniya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 6 Jeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.

Roma – Alisson, Fasio, Jezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (El-Shaaravi, 77), Florensi, Strotman, de Rossi, Djeko, Shik (Under, 73).

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Fasio (38), Jezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).

Ilk o‘yin: 1:4

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Roma» «Barselona»ni yirik hisobda yengib yarim finalga yo‘l oldi