22:10 / 11.04.2018
3 623

Lushan qaytdi, «Sug‘diyona» ham qaytdi

Lushan qaytdi, «Sug‘diyona» ham qaytdi
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga yetdi. Unda Jizzaxning “Sug‘diyona” jamoasi Namanganning “Navbahor” klubi bilan bahs olib borib, 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Dastlab, mehmonlar 38-daqiqaga qadar ikkita gol urishga ulgurishgandi, ammo jizzaxliklar yangi murabbiy qo‘l ostida iroda namoyish etib, qo‘shimcha daqiqalarda g‘alabani ilib ketishdi.

Shu tariqa, “Sug‘diyona” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi, “Navbahor” esa mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini Qo‘qondan so‘ng Jizzaxda tan olishga majbur bo‘ldi.

Superliga, 6-tur.

“So‘g‘diyona” – “Navbahor” 3:2.

Gollar:
Jahongir Abdumo‘minov (78), Dilmurod Karimov (80), Izzatilla Abdullayev (90+3) – Zohir Pirimov (3), Azizbek Turg‘unboyev (38).

“So‘g‘diyona”: 23.Dilshod Hamroyev, 3.Azamat Isroilov, 4.Elyor Orifov, 5.Farhod Mirahmatov (77.Izzatilla Abdullayev, 41), 6.Dilmurod Karimov, 9.Sardor Azimov, 10.Shohruz Norxonov, 26.Akmal Xolmurodov (2.Sardor Qulmatov, 76), 31.Jahongir Abdumo‘minov, 33.Tohirjon Shamsitdinov, 99.Nurillo To‘xtasinov (19.Alisher Ziyovutdinov, 55)

“Navbahor”: 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O‘runov, 8.Ayubxon No‘’monov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 11.Zohir Pirimov (32.Jahongir Mehmonov, 74), 15.Azamat Allaniyozov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zam Aliyev, 24.Davron Hoshimov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoyevich

Ogohlantirishlar: Tomislav Payovich 13, Davron Hoshimov 58.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lushan qaytdi, «Sug‘diyona» ham qaytdi