22:14 / 11.04.2018
3 571

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Metallurg»ga imkon qoldirmadi (video)

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Metallurg»ga imkon qoldirmadi (video)
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» – «Metallurg» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Birinchi bo‘lim mezbonlarning qator hujumlari ostida o‘tdi va ustunlik ham poytaxtliklar tomonida bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limni ham Mirjalol Qosimov shogirdlari faol boshlashdi. 56-daqiqada Akromjon Komilov chap qanotdan hujumga o‘tdi va to‘pni jarima maydoni ichiga tashlab berdi. Bu yerda bekobodliklar darvozaboni Zafar Safayev to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi va undan qaytgan to‘pni Shahzodbek Nurmatov darvozaga joylab qo‘ydi.

67-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda mezbonlar o‘ng qanotdan hujumga o‘tishdi. Nurmatov bitta uzatma bilan markazda turgan Sardor Sobirxo‘jayevni qulay vaziyatga olib chiqdi. Sardor esa chamasi 18 mertlardan darvozani aniq nishonga oldi va jamoasining ikkinchi golini urdi.

O‘yin yakunlanib borayotgan bir vaqtda mehmonlar penalti ishlab olishdi: 81-daqiqada o‘ng tomondan jarima maydoniga yorib kirgan Suhrob Nurilloyevni Komilov qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. 11 metrlik jarima zarbasini Shahzod Shaymanov aniq bajarib hisobni qisqartirishga erishdi.

Goldan so‘ng hujumga berilgan bekobodliklar raqib qarshi hujumini quyib yuborishdi: 85-daqiqada Sobirxo‘jayev aniq pas bilan Javlon Ibrohimovni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi va yarim himoyachi zarba berishda adashmadi.

Shu tariqa, «qaldirg‘ochlar» Superligadagi navbatdagi g‘alabalarini qo‘lga kiritdilar va turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. «Metallurg» esa ushbu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi.

Superliga, 6-tur

«Bunyodkor» – «Metallurg» 3:1 (0:0, 3:1)

Gollar:
1:0 – 56 Nurmatov, 2:0 – 67 Sobirxo‘jayev, 2:1 – 82 penalti, Shaymanov, 3:1 – 85 Ibrohimov.

«Bunyodkor»:
Suhrobjon Sultonov, Rustamjon Ashurmatov, Akromjon Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevats , 79), Murodjon Toshmatov, Sanjar Qodirqulov, Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov (Farruh Ikromov, 87).

«Metallurg»: Zafar Safayev, Abbosjon Otaxonov, Shahzod Shaymanov (Zoxid Abdullayev, 85), Zabihillo O‘rinboyev, Islombek Isaqjonov (Zafar To‘rayev, 72), Jasur Hasanov, Sherzod Fayziyev, Akbarjon Ismatullayev, Muhammad Isayev (Suhrob Nurilloyev, 60), Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko.

Ogohlantirish: Isayev (37).


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bunyodkor» o‘z maydonida «Metallurg»ga imkon qoldirmadi (video)