22:45 / 11.04.2018
3 395

«Nasaf» «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

«Nasaf» «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabaga erishdi
O‘zbekiston Superligasi 6-turning markaziy o‘yinida «Nasaf» o‘z maydonida «Lokomotiv» futbolchilarini qabul qildi. Unda maydon egalari birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsa ham zafar quchishdi.

Bahsning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida kechdi. Ammo darvozalarga to‘p kiritish hech bir jamoaga nasib qilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa Saydullo Rahmatovning himoyadagi qo‘pol xatosi tufayli «Lokomotiv» futbolchisi Diyorjon Turopov 54-daqiqada unumli foydalanib hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Islom To‘xtato‘jayev ikkinchi sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi va maydonni tark etdi. Ushbu chetlatish o‘yinga katta ta’sir qildi va maydon egalari foydasiga xizmat qildi.

Birinchi bo‘lib Igor Golban hisobni tenglashtirgan bo‘lsa 70-daqiqada Cheran mezbonlarni ustunligini ta’minladi.

Superliga 6-tur

«Nasaf» - «Lokomotiv» 2:1 (0-0)

Gollar:
0-1 - Turopov 54, 1-1 - Igor Golban 64, 2-1 - Cheran 70

«Nasaf»: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (Bobir Davlatov, 74), 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran (20.Islom Kenjaboyev 83), 77.Jasur Hasanov (21.Aliyev 90), 92.Umarbek Eshmurodov.

«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yuldashev, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev (27.Sardor Rashidov 80), 19.Husniddin G‘ofurov (14.Azizbek Amonov 77), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 77.Diyorjon Turopov (18.Farhodbek Bekmurodov 67), 88.Igor Yelich.

Ogohlantirishlar: Turopov 59, Yelich 31 , Maxaradze 27, To‘xtaxo‘jayev 6, 60, Bobur Abduxoliqov 31, Husniddin G‘ofurov 72.

Chetlatish: To‘xtaxo‘jayev 60

Foto manba: t.me/FcNasafOfficial

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabaga erishdi