21:53 / 12.04.2018
3 931

Hamidjon Aktamov: "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda qiynalmadik

Ҳамиджон Актамов: "Пахтакор"га қарши ўйинда қийналмадик
O‘zbekiston Superligasi 6-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov hamda Erkin Boydullayev qatnashdi.
Hamidjon Aktamov: "Durangga mos o‘yin bo‘ldi. Futbolchilarim ko‘rsatmalarni to‘liq bajardi, deb o‘ylayman. Yaxshi o‘ynadik, biroq g‘alaba qozona olmadik. Raqibni o‘rganib chiqib, shunga qarab bugungi o‘yinga noodatiy taktika tanlagandik. Oldin bunday taktik sxemada, ya’ni besh nafar himoyachi bilan rasmiy uchrashuvlarda o‘ynamaganmiz.
Ushbu uchrashuvga tayyorlanish uchun 4-5 kun vaqt bor edi. Futbolchilarim vazifalarning 70-80 foizini uddalashdi. Ularga e’tiroz yo‘q. O‘z xatolarimiz evaziga gollar o‘tkazib yubordik.

Grigalashvilining jarohati rejalarga katta ta’sir qilmadi. Bahs kunigacha uning tuzalishini kutgandik. Ammo nima deya olamiz, u ham robot emas. Elguja keyingi o‘yinlarga tayyor bo‘ladi.

Grand jamoalar? Ha, biz grand jamoalarga qarshi o‘yinlar o‘tkazdik. "Lokomotiv" bilan ilk uchrashuvda ancha qiynaldik. Qolganlarida esa nisbatan osonroq bo‘ldi. Bugun ham qiynalmadik, deb ayta olaman.

Bugungi o‘yinning ikkinchi bo‘limida ustunlik qildik. Mana "Paxtakor" bilan o‘ynasa bo‘lar ekan. Biroq mag‘lub bo‘ldik. Hakamlar faoliyatiga qaraydigan mutaxassislar bor. Ularning ishlariga qaramayman. Ikkala penaltiga ham baho bermayman".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamidjon Aktamov: "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda qiynalmadik