17:53 / 13.04.2018
4 189

YeChL. «Bavariya» «Real»ga, «Roma» esa «Liverpul»ga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi

YeChL. «Bavariya» «Real»ga, «Roma» esa «Liverpul»ga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
Bugun, 13 aprel sanasida Shveysariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a ochiq ko‘rinishda o‘tkazildi. Jamoalar hech qanday savatchalarga ajratilmadi. Qur’ani Kiyev shahrida o‘tadigan Yevropa Chempionlar Ligasi finali elchisi Andrey Shevchenko olib bordi.

Qur’aga ko‘ra yarim final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

«Bavariya» (Germaniya) — «Real» (Ispaniya)
«Liverpul» (Angliya) — «Roma» (Italiya)

Dastlabki o‘yinlar 24—25 aprelda, javob bahslari 1—2 may kunlari o‘tkaziladi. Final 26 may kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChL. «Bavariya» «Real»ga, «Roma» esa «Liverpul»ga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi