«Real»ga transfer bitimlarini tuzish taqiqlanishi mumkin

  • 27 noyabr 2015, 15:57
  • 4 060
  • Sport
  • FIFA intizom qo‘mitasi 2015 yil iyunida Madridning «Real» jamoasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llash haqida qaror qabul qilgan, deb ta’kidladi El Mundo Deportivo. Biroq qaror haqida haligacha rasman e’lon qilinmagan, deb yozadi Championat.

    «Real»ga transfer bitimlarini tuzish taqiqlanishi mumkin

    Sanksiyalar xalqaro transferlar va voyaga etmagan legionerlarning huquqiy ro‘yxatga olinishidagi qonunbuzarliklar bilan aloqador.

    «Real»ga nisbatan sanksiyalar ikkita transfer davri davomida transfer bitimlarini amalga oshirishni taqiqlash va jarimalar solishni ko‘zda tutadi. «Qirollik klubi»dagilar unga hech qanday sanksiya qo‘llanilmasligiga umid qilmoqda.

    Manbaning ta’kidlashicha, «Real» baribir jazodan qochib qutula olmaydi, biroq amnistiya qilinishi ham mumkin. Bu fevral oyida FIFA yangi prezidenti saylangach, ro‘y berishi mumkin.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Real»ga transfer bitimlarini tuzish taqiqlanishi mumkin