23:46 / 15.04.2018
3 850

APL. “Manchester Yunayted” 34-turga kelib “Manchester Siti”ni chempionga aylantirdi (video)

APL. “Manchester Yunayted” 34-turga kelib “Manchester Siti”ni chempionga aylantirdi (video)
Bugun, 15 aprel sanasida 34-tur doirasida yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Ulardan birida Rafa Benites boshchiligidagi “Nyukasl” o‘z maydonida Arsen Venger boshliq “Arsenal”ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Hozirgina kun taqvimidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv ham yakuniga yetdi. Unda Joze Mourino boshchiligidagi “Manchester Yunayted” APLda so‘nggi pog‘onani egallab turgan “Vest Bromvich”ni qabul qildi. Uchrashuv taqdirini mehmonlar yarim himoyachisi Jey Rodriges tomonidan 73-daqiqada kiritilgan yagona gol hal etdi. Shu tariqa o‘tgan turda musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan “Manchester Siti”ni yuta olgan “Yunayted”, bu turda autsayder jamoadan o‘z uyida mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Bu mag‘lubiyat tufayli “Manchester Siti” 2-o‘rindagi Joze Mourino shogirdlarini 16 ochkoga ortda qoldirib, chempionat tugashiga 5 tur qolganida muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirib oldi.

Angliya premyer ligasi
34-tur bellashuvlari
15 aprel, yakshanba

“Nyukasl” — “Arsenal” 2:1
Gollar:
0:1 – 14 Lyakazett, 1:1 – 29 Peres, 2:1 – 68 Ritchi.

“Manchester Yunayted” — “Vest Bromvich” 0:1
Gol:
0:1 — 73 Rodriges.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Manchester Yunayted” 34-turga kelib “Manchester Siti”ni chempionga aylantirdi (video)